Qu Bo
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Qu Bo[曲波] | ||
Tavallud sanasi | 15-iyul 1981-yil | ||
Tavallud joyi | Tianjin, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.81 m (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—1999 | Tianjin Locomotive | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2009 | Qingdao Jonoon | 201 | (51) |
2010—2014 | Guizhou Renhe | 106 | (27) |
2014—2015 | Qingdao Hainiu | 19 | (2) |
2016 | Tianjin Teda | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2000—2001 | Xitoy U-20 | 10 | (6) |
2001—2013 | Xitoy | 78 | (18) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (30-oktabr 2016-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-noyabr 2014-yil uchun) |
Qu Bo (talaffuzi: Suy Bo) (1981-yil 15-iyulda tugʻilgan) — xitoylik isteʼfodagi futbolchi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qu Bo futbolchilik faoliyatini „Tianjin Lokomotiv“ yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan va 2000-yilda „Qingdao“ga oʻtgan. U tezda oʻzini iqtidorli yosh oʻyinchi sifatida koʻrsatdi va sakkizta gol urib, oʻn yettita liga oʻyinida maydonga tushgan, bu esa unga 2000-yilgi liga mavsumi oxirida Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi. Qu jamoaning muhim aʼzosi boʻlib qolishda davom etgan va 2002-yilgi Jahon chempionatida oʻynaganidan soʻng u Premer-liganing „Tottenxem“ klubida katta qiziqish uygʻotgan, lekin transfer amalga oshmagan[1]. Qingdaoga qaytib kelgach, u jamoaga 2002-yilgi liga mavsumi oxirida klub tarixidagi birinchi Xitoy FA kubogini yutishiga yordam bergan[2].
2010-yilning 22-fevralida, Qingdaoda oʻn yil oʻynagindan soʻng, Qu yuqori diviziondagi Shaanxi Chanba jamoasiga oʻtgan[3]. U klub uchun debyutini 2010-yilning 28-martida Dalian Shidega qarshi liga oʻyinida oʻtkazgan[4]. Bir necha oy oʻtgandan soʻng, u 2010-yil 14-iyulda „Shanghai Shenxua“ga qarshi oʻyinda (2:1) klub uchun birinchi golini urgan[5]. 2012-yilgi mavsum boshida Qu Guizhouga koʻchib oʻtishga va oʻz nomini Guizhou Renhe deb oʻzgartirishga qaror qilgan klubni himoya qilish niyatida boʻlgan[6].
2014-yil 3-iyun kuni Qu Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Qingdao Xaynyu“ga oʻtgan[7]. U klubdagi debyutini 2014-yilning 19-iyulida Shijiazhuang Yongchangga qarshi oʻyinda maydonga tushgan va 2014-yilning 27-iyulida Chengdu Tianchengga qarshi oʻyinda (2:1) klub uchun birinchi golini urgan.
2016-yilning 5-yanvarida Qu Xitoy Superligasida oʻz shahrining „Tianjin Teda“ klubiga oʻtgan[8]. U 2017-yilning 2-martida nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quning tezligi birinchi marta 2000-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida koʻpchilikning eʼtiborini tortgan va u turnirda oʻz mamlakati uchun toʻrtta gol urgan[10]. 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynaganidan soʻng, u tezda Bora Milutinovichning eʼtiborini tortgan, uni 2002-yilgi FIFA Jahon kubogi tarkibiga kiritgan va Quni qanotga qoʻyishni afzal koʻrgan[10]. U 2004-yilgi Osiyo Kubogi terma jamoasiga kiritlmagan va 2007-yilgi Osiyo Kubogi tarkibidan jarohat olib safdan chiqqan[11].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro maydondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Natija | Hisob | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 27.01.2001 | Oakland, AQSH | AQSh | 1-2 | 1-2 | Oʻrtoqlik |
2 | 6.05.2001 | Phnom Penh, Kambodja | Kambodja | 2-0 | 4-0 | 2002 FIFA jahon kubogi saralash |
3 | 13.10.2001 | Shenyang, Xitoy | Qatar | 2-0 | 3-0 | 2002 FIFA jahon kubogi saralash |
4 | 12.12.2002 | Manama, Bahrayn | Bahrayn | 2-2 | 2-2 | Oʻrtoqlik |
5 | 21.10.2007 | Foshan, Xitoy | Birma | 1-0 | 7-0 | 2010 FIFA jahon kubogi saralash |
6 | 21.10.2007 | Foshan, Xitoy | Birma | 7-0 | 7-0 | 2010 FIFA jahon kubogi saralash |
7 | 27.01.2008 | Zhongshan, Xitoy | Suriya | 1-0 | 2-1 | Oʻrtoqlik |
8 | 15.03.2008 | Kunming, Xitoy | Tailand | 1-0 | 3-3 | Oʻrtoqlik |
9 | 23.04.2008 | Los Angeles, AQSH | El Salvador | 2-2 | 2-2 | Oʻrtoqlik |
10 | 17.12.2008 | Muscat, Ummon | Ummon | 1-1 | 1-3 | Oʻrtoqlik |
11 | 14.01.2009 | Aleppo, Suriya | Suriya | 1-3 | 2-3 | 2011 AFC Osiyo kubogi saralash |
12 | 18.07.2009 | Tianjin, Xitoy | Falastin | 1-0 | 3-1 | Oʻrtoqlik |
13 | 30.09.2009 | Hohhot, Xitoy | Botsvana | 2-0 | 4-1 | Oʻrtoqlik |
14 | 14.11.2009 | Beirut, Livan | Livan | 2-0 | 2-0 | 2011 AFC Osiyo kubogi saralash |
15 | 14.02.2010 | Tokyo, Yaponiya | Gonkong | 1-0 | 2-0 | 2010 Sharqiy Osiyo futbol chempionati |
16 | 14.02.2010 | Tokyo, Yaponiya | Gonkong | 2-0 | 2-0 | 2010 Sharqiy Osiyo futbol chempionati |
17 | 26.06.2010 | Kunming, Xitoy | Tojikiston | 3-0 | 4-0 | Oʻrtoqlik |
18 | 28.07.2011 | Vientiane, Laos | Laos | 1-0 | 6-1 | 2014 FIFA jahon kubogi saralashi |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qingdao Jonoon
- Xitoy FA kubogi : 2002-yil
Guizhou Renhe
- Xitoy FA kubogi : 2013[12]
- Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2000-yil
- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2009-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qu Bo blow for Spurs“. bbc.co.uk (29-avgust 2002-yil). Qaraldi: 10-avgust 2012-yil.
- ↑ „China 2002“. rsssf.com (30-mart 2003-yil). 2012-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2012-yil.
- ↑ „国脚曲波正式加盟陕西队 450万转会费成准标王“. sports.sohu.com (22-fevral 2010-yil). Qaraldi: 10-avgust 2012-yil.
- ↑ „Guizhou Renhe vs. Dalian Shide 1–1“. soccerway.com (28-mart 2010-yil). Qaraldi: 10-avgust 2012-yil.
- ↑ „Guizhou Renhe vs. Shanghai Shenhua 2–1“. soccerway.com (14-iyul 2010-yil). Qaraldi: 10-avgust 2012-yil.
- ↑ „Only in the CSL: Shaanxi Chanba Moving to Guizhou in 2012“. wildeastfootball.net (6-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2012-yil.
- ↑ „贵州人和官方宣布曲波转会中甲青岛海牛“. sina.com (2014-yil 3-iyun). Qaraldi: 3-iyun 2014-yil.
- ↑ „曲波回应质疑:行不行球场见 盼起到传帮带作用“. sports.sina.com (5-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
- ↑ „前国脚曲波正式宣布退役 足坛再无"追风少年"“. Sohu (2-mart 2017-yil). Qaraldi: 2-mart 2017-yil.
- ↑ 10,0 10,1 „BBC World Cup profile“. bbc.co.uk (9-aprel 2002-yil). Qaraldi: 10-avgust 2012-yil.
- ↑ „AFC Asia Qualifying 2010“. football-lineups.com (26-mart 2008-yil). Qaraldi: 10-avgust 2012-yil.
- ↑ „足协杯-人和总分3-2恒大队史首夺冠 恒大三冠梦碎“. Sports.sina.com.cn (7-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.